Sohalar · Kiberxavfsizlik
Avval ko'rinish. Keyin himoya.
Zavod, ombor va infratuzilma korxonalari uchun sanoat kiberxavfsizligi xizmati. Passiv OT ko'rinish, tiklanishga tayyorlik va masofaviy kirish nazoratidan boshlaymiz.
Kim uchun: Zavod direktori, Bosh muhandis / ASU TP, IT bo'limi, Kiberxavfsizlik mas'uli, Bosh direktor, IT direktor, ASU TP muhandisi, Moliya.
Sohadagi muammolar
Sexda nechta qurilma tarmoqqa ulangan? Aniq javob kam.
Ko'rinmaydigan narsani himoya qilib bo'lmaydi. Sanoat tarmog'idagi PLC, SCADA, muhandis kompyuterlari va masofaviy ulanishlar ro'yxati — kiberxavfsizlikning birinchi qadami.1
KX-01 Zavod tarmog'ida nima bor: OT aktivlari va aloqalar xaritasiZaxira bor. Undan oxirgi marta qachon tiklangan?
Zaxira nusxa bor — lekin undan tiklab ko'rilganmi? MES, WMS, SCADA konfiguratsiyalari va PLC dasturlari zaxirasi sinalmagan bo'lsa, u reja emas, umid.1, 2
KX-02 Ransomware dan keyin: ishlab chiqarish qancha vaqtda qayta ishga tushadiUskunangizga xorijdan kim ulanayapti — bilasizmi?
Xorijiy uskuna o'rnatilgan har bir zavodda masofaviy servis ulanishi bor. Ko'pincha u doimiy ochiq, umumiy parol bilan va hech kim kuzatmaydi.1, 3
KX-03 Uskuna yetkazib beruvchisi masofadan ulanadi: kim, qachon va nimagaDatchik o'rnatildi. Paroli zavod sozlamasida qoldi.
Har bir yangi datchik va bulutli panel — yangi kirish nuqtasi. Raqamlashtirish loyihasi xavfsizlikni keyinga qoldirsa, keyin qimmatga tushadi.2, 3, 6
KX-04 Datchik, shlyuz va platforma: xavfsizlik — loyihaning birinchi kunidanByudjet ajratildi. Birinchi navbatda nima olinadi?
2026-yil 1-apreldan davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikka mablag' ajratishi shart. Mablag' bor — lekin ustuvorliklar rejasi bo'lmasa, u eng ko'rinadigan, eng foydali emas narsaga ketadi.3, 7
KX-05 Kiberxavfsizlik byudjeti: nimaga va qaysi tartibda sarflashSizning SCADA tizimingiz MAI ro'yxatidami?
Kiberxavfsizlik qonuni texnologik jarayonlar va boshqaruv tizimlarini ham muhim axborot infratuzilmasiga kiritadi. Energetika, sanoat va kommunal korxonalar uchun bu savol muhim.4, 8
KX-06 Muhim axborot infratuzilmasi: korxonangiz MAI subyektimi va bunga tayyormi
Yechimlar
Bu sohadagi yechimlar platformalarga birlashtirilgan. To'liq hujjatlar va PDF briflar kutubxonada.
Qanday boshlaymiz
- 01
OT baholash
Aktivlar va jarayonlar.
Natija: xavflar xaritasi.
- 02
Pilot (1 sex)
Bitta sex yoki tizim, 30 kun.
Natija: birinchi natijalar.
- 03
Butun zavod
Butun korxona.
Natija: doimiy jarayon.
- 04
Qo'llab-quvvatlash
Oylik hisobot.
Natija: yangi aktivlar va ulanishlar.
Va'da qilmaymiz
- Sertifikatlash, attestatsiya yoki MAI obyektini rasmiy baholash (vakolatli organlar va akkreditatsiyalangan tashkilotlar vazifasi)
- Penetratsion test yoki xakerlik xizmatlari (faqat ruxsat etilgan hamkorlar orqali)
- "100% himoya" yoki hujum bo'lmasligi kafolati
- Yuridik maslahat
- Kiberxavfsizlik xizmatlari bo'yicha litsenziya va akkreditatsiya talablari aniqlanmoqda. Ular aniqlangunga qadar ish faqat baholash va tayyorgarlik doirasida.
OT ko'rinish baholash
Bitta sexning sanoat tarmog'ini passiv tinglab, aktivlar ro'yxati va aloqalar xaritasini tuzamiz.
- Aktivlar va xavflar xaritasi
- Ustuvor choralar rejasi
- Loyiha va oylik qo'llab-quvvatlash
Manbalar
- Dragos 2026 OT/ICS Cybersecurity Year in Review (17.02.2026): 2025-yilda 119 ransomware guruhi 3 300 sanoat tashkilotiga ta'sir qilgan; sanoatga ransomware hujumlari +64%; qurbonlarning uchdan ikki qismidan ko'prog'i ishlab chiqarish; OT da ransomware o'rtacha 42 kun aniqlanmay qolgan, to'liq OT ko'rinishiga ega tashkilotlarda — 5 kun; oshkor qilishdan qurollangan eksploitgacha mediana 24 kun (controleng.com).
- IBM Cost of a Data Breach 2025 (mart 2024–fevral 2025): global o'rtacha zarar $4,44 mln; sanoat sektorida $5,00 mln; aniqlash va cheklash o'rtacha 241 kun; fishing — eng ko'p uchraydigan hujum vektori (16%).
- Farmon PF–38 (10.03.2026; spot.uz, norma.uz): 2026–2030 yillarga Kiberxavfsizlik strategiyasi va yo'l xaritasi; 01.04.2026 dan davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikka mablag' ajratishi shart; Adliya, Energetika vazirliklari va Soliq qo'mitasida kiberxavfsizlik bo'limlari; DXX mustaqil ekspertlar ishtirokida zaifliklarni topish tanlovlarini maxsus platformada o'tkazadi.
- "Kiberxavfsizlik to'g'risida"gi Qonun O'RQ–764 (15.04.2022, lex.uz): muhim axborot infratuzilmasi (MAI) — strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, axborot tizimlari, tarmoq va texnologik jarayonlar resurslari majmui; MAI subyektlari — bunday obyektlarga egalik qiluvchi davlat organlari va yuridik shaxslar; DXX MAI obyektlarining yagona reyestrini yuritadi (kun.uz).
- O'RQ–1125 (26.03.2026; norma.uz, kursiv.media): biometrik, genetik ma'lumotlar va telekom operatorlaridagi foydalanuvchi ma'lumotlari O'zbekiston hududida saqlanishi shart; boshqa shaxsga doir ma'lumotlar belgilangan shartlarda (jumladan, tasdiqlangan xalqaro standartlarga rioya) xorijda saqlanishi mumkin.
- Kiberxavfsizlik markazi (csec.uz): 2026-yilda O'zMSt 838–841:2026 milliy standartlari ishlab chiqilgan (bostirib kirishlarni aniqlash, zararli dasturlardan himoya, axborotni muhofaza qilish vositalari, amaliy dasturiy ta'minot talablari).
- F6 hisoboti (zamin.uz): 2025-yil va 2026-yil I yarmida O'zbekistondagi kompaniya va davlat tashkilotlari bazalaridan ~15 mln qator ma'lumot sizib chiqqan — Markaziy Osiyoda uchinchi o'rin. Raqamli texnologiyalar vaziri (anhor.uz, kun.uz): 2026-yil yanvarida uchta davlat idorasi kiberhujumga uchragan, ~60 ming shaxsiy ma'lumot o'g'irlangan.
- daryo.uz: CSS 2026 — 2026–2030 strategiya, muhim infratuzilma himoyasi.